Qoʻqon shahrida yonida gashish giyohvandlik moddasi saqlagan shaxs aniqlandi
Qoʻqon shahar.13-mart kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-tadbir davomida, Poʻstindoʻz koʻchasida M.A boshqaruvida boʻlgan yoni koʻzdan kechirilganda kiyimini chap choʻntagidan 1 donna oʻtkir hidli “gashish” giyohvandlik moddasi saqlayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati