Qoʻqon shahrida avtomashinalar yuvish shoxobchasi oldida qarovsiz qoldirilgan velosipedni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahri. 25-iyun kuni M.N IIBga murojaat qilib, unda 22-iyun kuni noma’lum shaxs Abadiyot koʻchasida joylashgan avtomashinalar yuvish shoxobchasi oldida qarovsiz qoldirilgan oʻziga tegishli narhi 2.500.000 soʻm velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati