11 Noyabr 2021 yil 370

Qoʻqon shahrida telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

5-noyabr kuni Uchkoʻprik tumani, Chorbogʻ qishlogʻida yashovchi N.G ismli ayol  IIBga murojaat qilib, unda shu kuni soat 13:00 larda noma’lum shaxs uning egnidagi jemferining choʻntagidan narhi 3.890.000 soʻmlik “Samsung A-32” rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yoʻli bilan yashirin ravishda talon-toroj qilganini va hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.U sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz,  yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech