30 Oktyabr 2025 yil 292

Farg‘ona davlat texnika universitetida “General va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va hududlarda jadal joriy etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar hamda tegishli Farmonida belgilangan vazifalar yoshlarga yetkazildi.

General-mayor Azizbek Ikramov viloyatda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashishda sun’iy intellekt texnologiyalari ahamiyati, jinoyatlar sabab va sharoitlarini tahlil qilish, prognozlash hamda aholining huquqiy ongini oshirishdagi samarasi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, talabalarni Farg‘ona viloyati IIB Tezkor boshqaruv markazining yangi ma’muriy binosiga taklif qildi. U yerdagi robototexnika tizimidan tadqiqot ishlarida foydalanish imkoniyatlari tushuntirildi.

Bu kabi uchrashuvlar muntazam davom etadi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech