24 Aprel 2023 yil 439

Hududiy ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Ma’lumki, 2023-yil 20-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qat’iy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida” gi Farmoni e’lon qilindi.

Endilikda mazkur farmon ijrosini ta’minlash, afv etilgan 67 nafar shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyishlari va jamiyatda munosib oʻrin topishlari ularga koʻmak berish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida tuzilgan hududiy ishchi guruhining yigʻilishida masalaga dahldor boshqarma va tashkilotlarning mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda ishchi guruh rahbari oʻrinbosari, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Farrux Oʻsarov soʻz olib, ishchi guruhi a’zolariga avf etilgan fuqarolar bilan manzilli ish olib borish yuzasidan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Hamkorlikda bajariladigan muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech