3 Iyun 2022 yil 263

Uchkoʻprik va Dangʻara tumanlarida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

31-may kuni Uchkoʻprik tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan T.A.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Dangʻara tumani IIB JQB xodimlari tergov boʻlinmasi xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Dangʻara tumani

IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.M.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech