19 May 2023 yil 388

Uchkoʻprik tumanida ijtimoiy tarmoq orqali fuqaroning pullarini qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

Uchkoʻprik tumani. D.J IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 26-aprel kuni noma’lum shaxs “Telegramm” ijtimoiy tarmogʻi orqali tanishib, unga tegishli bank tomonidan imtiyozli kredit ajratiladi nomli havola yuborib, shu yoʻl orqali ishonchiga kirib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 2.000.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni J.Q sodir etganligi aniqlanib, tergov hharakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech