Uchkoʻprik tumanida choyxonadan qarovsiz qoldirilgan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi
Uchkoʻprik tumani. 14-iyul kuni fuqaro T.D IIBga murojaat qilib, unda 11-iyul kuni noma’lum shaxs Fidokorlar koʻchasida joylashgan choyxonadagi stol ustida qarovsiz qoldirilgan narxi 800.000 soʻmlik “Самсунг” rusumli uyali telefon apparatini oʻgʻirlaganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati