Uchko'prikda uch talonchi qo'lga olindi
Uchko'prik tumanida 4 may kuni soat 21:30 larda 19 yoshli P.M, 22 yoshli E.B va 22 yoshli Q.X.lari bir guruh bo'lib, Oltin vodiy MFY hududida 19 yoshli E.D.ni qo'lida bo'lgan narxi 3.600.000 so'mlik “RedMI 8” rusumli telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib, hodisa joyidan yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchko'prik tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan P.M, E.B va Q.X.larga Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, protsessual tartibda ushlanishgan.
Farg'ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib o'tadi.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati