9 Sentyabr 2022 yil 410

Uchkoʻprik va Buvayda tumani IIB JQB xodimlari qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi

Uchkoʻprik tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.A.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Buvayda tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.Z.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech