7 Dekabr 2021 yil 515

Uchko‘prik tumanida yashash xonadonida “og‘u” saqlayotgan shaxs aniqlandi

Uchko‘prik tumani. 27 noyabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Sultonobod qishlog‘ida yashovchi Y.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadonida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sog‘lig‘ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech