30 Dekabr 2022 yil 373

Uchkoʻprik tumanida xonadondan marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi

Uchkoʻprik tumani. 2022-yilning 28-dekabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Anxorboʻyi mahalla hududida yashovchi T.Yu.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon oshxonasidagi shkafda marixuanna giyohvandlik moddasi oʻxshash moddalarni saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech