9 Yanvar 2023 yil 546

Uchkoʻprik tumanida xonadonida “ogʻu” saqlagan shaxs fosh boʻldi

Uchkoʻprik tumani. 2023-yilning 03-yanvar kuni tuman IIB va JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Buyrak mahalla hududida yashovchi N.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda yashash xonadonidagi shkafida 1 dona 1 litr bankada marixuana giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech