3 Fevral 2023 yil 501

Uchkoʻprik tumanida xonadondan 5.000.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Uchkoʻprik tuman. Katta Qoʻshtepa qishlogʻida yashovchi Q.E IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 06 dekabr nomaʼlum shaxs uning yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasida boʻlgan jami 5.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlaganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan A.O sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech