Uchkoʻprik tumanida velosipedni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Uchkoʻprik tumani. 04-oktabr kuni fuqaro O.Sh IIBga murojaat qilib, unda 03-oktabr kuni noma’lum shaxs oshxona hovlisini orqa tomonida qarovsiz qoldirgan 1.500.000 soʻmlik velosipedini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.Sh sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati