Uchkoʻprik tumanida temir mahsulotlarini olib berishni bahona qilib pullarni qoʻlga kiritgan shaxs aniqlandi
Uchkoʻprik tumani.Fuqaro N.M IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 07 noyabr kuni nomaʼlum shaxs ishonchiga kirib, unga 100 tonna temir mahsulotlari olib berishligini aytib, oldindan 5.000.000 soʻm miqdorida pul mablagʻlarini avans sifatida olib, temir mahsulotlarini yetkazib bermay firibgarlik yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritganligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.D sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati