19 May 2022 yil 381

Uchkoʻprik tumanida temir havozalarni ijaraga olib, sotib yuborgan shaxslar javobgarlikka tortildi

Uchkoʻprik tumani.7-may kuni R.S., A.Sh., R.J. va X.M.lar bir guruh boʻlgan holda M.T.ni ishonchiga kirib, vaqtincha ishlatib qaytarish sharti bilan jami narxi 15.000.000 soʻmlik temir lesalarini ijaraga olishib, temir lesalarini boshqa shaxsga sotib yuborishib firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborishgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech