27 May 2023 yil 394

Uchkoʻprik tumanida telegram orqali 5.000.000 soʻm pullarni qoʻlga kiritgan shaxs qoʻlga tushdi

Uchkoʻprik tumani. N.M IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 20-aprel kuni noma’lum shaxs internet ijtimoiy tarmogʻining “Телеграмм” mesenjeri orqali u bilan tanishib, unga tegishli bankdan foizsiz kredit ajratilmoqda nomli soxta havola joʻnatib, uni ishontirib, shu orqali plastik kartasining xos raqamini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 5.000.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni J.Q sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech