16 May 2022 yil
416
Uchko'prik tumanida tanishidan limon mevalarini sotib olib pullarini bermagan shaxsga jinoyat ishi qo'zg'atildi
Uchko'prik tumani.2021 yilning 28 may kuni R.A tanishi Yu.N.ning ishonchiga kirib, 1 tonna 204. kg limon mevalarini 16.200.000 so'mga sotib olishga kelishib, pullarini ikki kun muddatda olib kelib berishini va'da qilib, firibgarlik yo'li bilan mevalarini qo'lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchko'prik tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.
Yuqorida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o'n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati