6 Yanvar 2023 yil 423

Uchkoʻprik tumanida “Spark” rusumli avtomashinani olib qochgan shaxs qoʻlga olindi

Uchkoʻprik tumani. 2023-yilning 03-yanvar kuni R.M Olmurod qishlogʻida joylashgan ziyoratgohi oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan J.J.ning qora rangli “Spark” rusumli avtomashinasini olib qochib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.M sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yil yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech