Uchkoʻprik tumanida plastik karta xos raqamini begona shaxsga bergan ayol pullaridan ayrildi
Uchkoʻprik tumani. 25-iyun kuni R.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning aprel oyida noma’lum shaxs bilan telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali tanishib, savob tariqasida pul oʻtkazib berishini aytib, plastik karta kodi va xos raqamini olib, ishonchini suiste’mol qilish orqali plastik kartasi hisobida boʻlgan 689.000 soʻm pullarini boshqa plastik karta hisobiga oʻtkazish orqali qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.Sh sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati