1 Mart 2022 yil 402

Uchkoʻprik tumanida omborxonasida “ogʻu” saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Uchkoʻprik tumani.2022-yilning 20-fevral kuni Uchkoʻprik tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida Tojik MFY hududida yashovchi A.D.ni yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda omborxonasida oʻtkir xidli
“gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech