8 Fevral 2023 yil 601

Uchkoʻprik tumanida “ogʻu” saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Uchkoʻprik tumani.2023-yilning 04-fevral kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Tepaqoʻrgʻon mahalla hududida yashovchi H.N.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech