Uchkoʻprik tumanida nonvoyxonada oʻgʻirlik sodir qilgan shaxs fosh boʻldi
Uchkoʻprik tumani. Yu.O IIBga murojaat qilib, unda 19-yanvar kuni noma’lum shaxs Salang qishlogʻida joylashgan nonvoyxonasiga eshigi ochiq holda qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, u yerda boʻlgan bir qop un mahsuloti va stol ustida turgan 1.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Gʻ.R sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati