10 Mart 2022 yil 477

Uchkoʻprik tumanida “Nехiа” rusumli avtomashina salonidan pul oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi

Uchkoʻprik tumani. 2021 yilning 26-iyun kuni fuqaro A.A IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs Yangi qishloq MFY hududida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan “Nехiа” rusumli avtomashinasi salonidan 1.270.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni I.I sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech