4 Oktyabr 2021 yil 473

Uchkoʻprik tumanida “Moskvich 412” rusumli avtomashina salonidan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan ayol aniqlandi

Uchkoʻprik tumani. 22-sentabr kuni fuqaro T.A. IIBga murojaat qilib, unda 17-sentabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida turgan “Moskvich 412” rusumli avtomashina salonida qarovsiz qolgan 1.000.000 soʻmlik “Самсунг A-10” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech