27 May 2022 yil 341

Uchkoʻprik tumanida “koʻknori xashagi” saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Uchkoʻprik tumani.18-may kuni tuman TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Katta Qorakoʻl MFY hududida yashovchi S.Z ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadoni omborxonasida qora rangli polietilen paketga solingan holda “koʻknori xashagi” saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech