Uchkoʻprik tumanida kabel oʻgʻrisi aniqlandi
Uchkoʻprik tumani. Fuqaro S.K IIBga murojaat qilib, unda 02-may kuni noma’lum shaxs Qoʻqonboy qishlogʻida joylashgan dala hovlisida boʻlgan jami narxi 3.000.000 soʻmlik kabellarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni U.F sodir etganligi aniqlanib, undan kabellar daliliy ashyo tariqasida olinib protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati