22 Fevral 2023 yil 533

Uchkoʻprik tumanida “gashish” giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs aniqlandi

Uchkoʻprik tumani. 2023 yilning 17 fevral kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yangiobod mahalla hududida yashovchi A.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonidagi savdo doʻkonida “gashish” giyohvandlik moddasini saqlayotganligi maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech