Uchkoʻprik tumanida issiqxona qurib berishni va’da qilib, fuqaroni pullarini aldab qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi
Uchkoʻprik tumani. 01-dekabr kuni X.O IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning sentabr oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, 14.500.000 soʻm pullar evaziga issiqxona qurib berishini aytib, pullarni olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan pullarni qoʻlga kiritganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati