11 Sentyabr 2021 yil
395
Uchkoʻprik tumanida fuqaroga bankdan iste’mol kredit chiqarib berishini aytib, aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Uchkoʻprik tumani. 2021-yilning yanvar oyida M.N N.U.ning ishonchiga kirib, tegishli bankdan iste’mol kredit chiqarib berishini aytib, soxta kredit hujjatlarini rasmiylashtirib, nomiga 16.600.000 soʻm kredit mablagʻlarini chiqartirib, aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati