10 Fevral 2022 yil 396

Uchkoʻprik tumanida eshik yasab berishini aytib fuqaroni 400 AQSH dollariga chuv tushirgan shaxs qoʻlga olindi 

Uchkoʻprik tumani. 8-fevral kuni fuqaro Sh.T IIB ga murojaat qilib, unda 2021-yilning oktabr oyida noma’lum shaxs uning ishonchiga kirib, 400 AQSH dollari evaziga 9 dona eshik yasab berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pulni o'z ehtiyoji uchun sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari davomida ushbu jinoyatni Uchkoʻprik tumanida yashovchi M.A. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibida ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech