11 Sentyabr 2021 yil 421

Uchkoʻprik tumanida ayol oʻgʻirlikka qoʻl urdi

Uchkoʻprik tumani. 06-sentabr kuni Mirzaxoʻja MFY hududida yashovchi fuqaro E.A IIBga murojaat qilib, unda 02-sentabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon ayvonida boʻlgan narhi 2.700.000 soʻmlik “ВИВО Й-20” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini mats’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.D. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech