24 Yanvar 2022 yil 405

Uchkoʻprik tumanida avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish ustaxonasiga oʻgʻirlikka tushgan shaxslar qoʻlga tushdi

Uchkoʻprik tumani. 04-yanvar kuni A.Z IIBga murojaat qilib, unda 03-yanvar kuni soat 17:30 dan 04-yanvar kuni soat 08:00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs Qaqir qishlogʻi hududida joylashgan avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish ustaxonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, ustaxonada boʻlgan umumiy narxi 3.320.000 soʻmlik avtomashina ehtiyot qismlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Z.O va I.A.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech