22 Dekabr 2021 yil 411

Uchkoʻprik tumanida avtomashina salonidan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Uchkoʻprik tumani. 21-oktabr kuni fuqaro Q.S IIBga murojaat qilib, unda 11-oktabr kunidan 12-oktabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Qoʻqonboy qishlogʻidagi xonadoni oldida qarovsiz qoldirilgan “Lasetti” rusumli avtomashinasi salonidan narxi 1.000.000 soʻmlik “Samsung А5” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.X ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech