Uchkoʻprik tumanida 7.000.000 soʻmlik bir bosh qoramolni oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga tushdi
Uchkoʻprik tumani. S.F IIBga murojaat qilib, unda 01-oktabr kuni noma’lum shaxs Guliston qishlogʻi hududida joylashgan fermer xoʻjaligi dala maydonida qarovsiz qolgan narxi 7.000.000 soʻmlik bir bosh qoramolini yashirin ravishda oʻgʻirlab hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni K.Sh, M.X, va M.S.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati