Uchkoʻprik tumanida 60 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlagan shaxs fosh boʻldi
Uchkoʻprik tumani. 2023-yilning 07-iyun kuni tuman IIB JQB va HPB hodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Qoradori-2023” tadbiri davomida, Sariqqoʻrgʻon mahalla hududida A.H.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 60 tup koʻknori oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati