17 Yanvar 2023 yil 491

Uchkoʻprik tumanida 5.000.000 soʻmlik tilla-taqinchoqlarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi

Uchkoʻprik tumani. Yangiobod mahalla hududida yashovchi fuqaro T.N IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 16-dekabr kunidan 17-dekabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan 5.000.000 soʻmlik tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Yu.U sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech