2 May 2023 yil 394

Uchkoʻprik tumanida 27 tup koʻknori giyohvandlik oʻsimliklarni parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Uchkoʻprik tumani. 2023-yilning 19-aprel kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Farovon mahalla hududida N.N.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 27 tup koʻknori oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniklanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech