Uchkoʻprik tumanida 15.000.000 soʻmlik suv nasos apparatini oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga tushdi
Uchkoʻprik tumani. Fuqaro Y.J IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 09 mart kunidan 11 mart kuniga oʻtar kechasi, nomaʼlum shaxs Sariqoʻrgʻon mahalla hududida joylashgan fermer xoʻjaligi dala maydonida qarovsiz qoldirilgan narxi 15.000.000 soʻmlik suv nasos apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.A va T.Sh.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati