7 Mart 2023 yil 365

Uchko'prik tumanida 2 bosh qoramolni o'g'irlagan shaxs qo'lga tushdi

Uchko'prik tumani. X.M IIBga murojaat qilib, unda 2023 yil 10 yanvar kunidan 11 yanvar kuniga o'tar kechasi nomaʻlum shaxs yashash xonadoniga g'ayriqonuniy ravishda kirib molxonasida bo'lgan 2 bosh narxi 10.000.000 so'mlik qora mollarini yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʻlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchko'prik tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.A sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech