Uchko‘prik tumani hududida tungi tadbirlar o‘tkazilmoqda
Uchko‘prik
tumani hududida tungi vaqtda tezkor-kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash
hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tadbirlarda
bemaqsad yurgan 41 ta shaxslar aniqlanib, ushbu fuqarolarni shaxsiga oydinlik kiritildi.Ular
tomonidan xuquqbuzarlik va jinoyat sodir etmasliklari to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.
Tuman markazi va boshqa ma’muriy hududlarda
mavjud bo‘lgan jome masjidlarda tarobex namoziga kelgan fuqarolarning xavsizligi
ta’minlanib, jamoat tartibi saqlandi. .
Profilaktik tadbir davomida, tungi
xizmatga biriktirilgan tuman IIB xodimlari tomonidan tungi vaqtlarda o‘z faoliyatini
yuritib kelayotgan odamlar gavjum to‘planadigan joylar, oshxonalar, choyxonalar,
shashlik markazlari, tunggi klublar tekshirilib berkitish choralari ko‘rilishi bilan
bir qatorda kelgusida soat 22:00 gacha faoliyat ko‘rsatib so‘ng berkitish choralari
ko‘rilishi zarurligi bo‘yicha ham ogohlantirib o‘tildi.