26 Noyabr 2021 yil 446

Turkiya davlatiga ishga joʻnatishni va’da qilib aldov yoʻli bilan fuqaroning pullarini qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

Fargʻona shahri. 23-noyabr kuni fuqaro T.I IIBga murojaat qilib, unda 2020-yilning yanvar oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, 220 AQSH dollari evaziga Turkiya davlatiga ishga yuborishini aytib, pulni olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pulni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Q.J sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech