Qo‘shtepa tumani IIB xodimlarini tungi xizmat faoliyati yuzasidan
Tungi xizmat 8 ta ma’muriy hududga bo‘lingan bo‘lib, tuman IIB rahbariyati
tomonidan xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilib, hududlarda jinoyatchilikni
barvaqt oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, jamoat
tartibini saqlash, aholi xavfsizligi va ijtimoiy-siyosiy vaziyatni
barqarorligini ta’minlash borasida
ko‘rsatmalar berildi.
Xizmatga jalb qilingan xodimlar
tomonidan tuman JIB sudi tomonidan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etib
hozirda ma’muriy nazorat ostida turgan 18 nafar shaxslar va tuman IIB
probatsiya hisobida ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan 15 nafar fuqarolar
yashash xonadoniga borib tekshirildi. Qo‘shtepa tumani IIB JXX HPB xodimlari
tomonidan tungi xizmatda MJtKning tegishli moddalari bilan 12 nafar ma’muriy
huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar
rasmiylashtirildi. Tungi xizmat paytida tungi paytda bemaqsad yurgan 24 nafar
shaxslarning shaxsi aniqlanib, profilaktik suhbat o‘tkazildi.Hududlardagi mavjud
savdo do‘konlari, choyxona, oshxonalarni o‘z vaqtida yopilishini ta’minlandi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati