20 Fevral 2020 yil
1189
Tungi oʼgʼrilar aniqlanib ushlandi.
Qoʼqon. 2020 yilning 13 fevral kuni soat taxminan 01:00 larda fuqaro А.А., tanishi S.А., bilan oʼzaro jinoiy til biriktirib, Qoʼqon shahar Navbahor koʼchasidagi savdo kompleksi hududida joylashgan fuqaro I.M.,ga tegishli zargarlik buyumlari savdo doʼkoniga gʼayriqonuniy ravishda kirib, doʼkon ichida boʼlgan jami 10.800.000 soʼmlik tillo taqinchoqlar, naqd pullar va telefon apparatlari ehtiyot qismlarini oʼgʼirlab hodisa joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʼqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan А.А., va S.А.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmlqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati