Beshariq tumani hududida profilaktik tadbirlar
Tungi guruhga jalb qilingan xodimlar tomonidan tungi vaqtlarda bemaqsad yurgan 12 nafar shaxslar aniqlanib, ushbu fuqarolarni shaxsiga oydinlik kiritildi.Shulardan 7 nafari spirtli ichimlik isʼtemol qilgan, 2 nafari jinoyat sodir etishga moyil, 3 nafari bemaqsad yurganlar boʼlib, ular tomonidan xuquqbuzarlik va jinoyat sodir etmasliklari toʼgʼrisida rasman ogohlantirildi.
Tungi xizmat davomida jami 12 ta maʼmuriy huqubuzarliklar aniqlandi, shundan, 7 ta spirtli ichimlik isteʼmol qilish, 5 ta boshqa turdagi xuquqbuzarliklar. Shuningdek, fuqarolarga avtomashina, velosipedlarni, chorva xayvonlari va boshqa buyumlarini nazoratsiz qoldirmasliklari boʼyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Hududdagi oʼquv muassasalari, savdo doʼkonlari va tashkilot qorovullarini xizmat vaqtida xushyorligi tekshirilib , xushyor boʼlishliklari toʼgʼrisida ogoxlantirildi.
Tadbir davomida jami 131 ta obʼektlar yaʼni, 37 ta umumiy ovqatlanish shaxobchalari, 17 ta koʼngilochar maskanlar, 37 ta maktab va bolalar bogʼchalari isitish tizimlari xamda 40 ta savdo va maishiy xizmat koʼrsatish obʼektlari tekshirildi.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati