18 Aprel 2024 yil 4759

Bag‘dod tumanida o‘tkazilgan tungi tadbirlar yuzasidan

Tadbirga tuman IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari, jamoatchilik vakillari mutasaddi tashkilotlar xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari  ishtirok etdi.

Samandarak  MFYda mavjud  28 ta ob’ektlar to‘liq tekshirilib, korxona tashkilot qorovullari hushyorlikka chaqirildi.

Qorako‘l MFYda YPX, PPX va Milliy gvardiya xodimlar tomonidan nazorat reydlar o‘tkazilib, avtotransport vositalari tekshiruvdan o‘tkazildi, qoidabuzarlik sodir qilgan fuqarolarga nisbatan 12 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 

Probatsiya hisobida turuvchi ozodlikdan cheklash jazosini o‘tab kelayotgan nazoratdagi shaxslarning 18 nafari sud tomonidan belgilangan cheklovlarga amal qilib kelayotganliklari tekshirilganda, Paxtaobod MFYda yashovchi nazoratdagi shaxs yashash xonadonida yo‘qligi aniqlanib, hujjatlar rasmiylashtirildi.

Tuman hududida fuqarolik ro‘yxatidan o‘tmagan va yashab kelayotgan fuqarolar bo‘yicha hamda jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan tekzor-profilaktik ishlovlar o‘tkazildi.

Shuningdek jamoat joyida spirtli ichimlik iste’mol qilib mayda bezorilik sodir qilgan fuqarolar tuman markazida tashkil etilgan hushyorxonaga joylashtirildi.

Fuqarolar tomonidan o‘zlarining avtomototransport vositalarini nazoratsiz holda qoldirmasliklari tushuntirildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech