28 Iyun 2022 yil 424

Trikotaj matolarini 63 000 000 soʻmga sotib olishga kelishib, pullarni bermadi

Uchkoʻprik tumani. M.O ismli fuqaro IIB ga murojaat qilib, unda Q.A ismli shaxs uning ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan trikotaj matolarini 63.000.000 soʻmga sotib olishga kelishib, pulini bir xafta muddatda berishini aytib olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan matolarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pulini ehtiyoji uchun sarflab yuborganligin bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tuman IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Buvayda tumanida yashovchi Q.A ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar,firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech