Uchkoʻprik tumanida traktor ehtiyot qismlarini sotib olmoqchi boʻlgan shaxs firibgarga aldandi
Uchkoʻprik tumani.Fuqaro Sh.I IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning iyun oyning oxirlarida noma’lum shaxs oʻzini raqamidan Телеграмм tarmogʻi orqali guruhiga “Sovun” nomli traktor ehtiyot qismlarini sotilishi haqida reklama qilganligi sababli ushbu ehtiyot qismlarini sotib olish uchun 1.040.000 soʻm pulni noma’lum shaxsni plastik kartasiga tashlab berib, hozirgi kunga qadar ehtiyot qismlarini ololmayotganligi ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati