8 Noyabr 2022 yil 409

Toshloq tumanida xonadonida “zahri qotil” saqlagan shaxs aniqlandi

Toshloq tumani.2022-yilning 14-oktabr kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Farogʻat mahallasida yashovchi B.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon tandirxonasida bir litrli shisha idishga solingan va quritilgan holdagi “marixuanna” giyohvandlik moddasi qonunga xilof ravishda saqlanayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech